Toshkent – Andijon poyezdi (+revizorro)

Birinchi marta Andijon – Toshkent yo‘nalishidagi poyezdga chiqqanimda taassurotlar haqida yozishga “duxyetmagandi ☺, ana endi payti keldi.

Keling bilet olishdan boshlaymiz. Andijonga qaytish uchun vokzal chiptaxonasiga bordim. Navbatni ko‘rib odam qo‘rqib ketadi. Toshkent vokzalida 9 ta kassa ishlashiga qaramay umuman tartib yo‘q, odamlarda bir-birini hurmat qilish yo‘q. Kim tiqilib, suqilib, urishib kassaga kirib olsa, biletni o‘sha oladi.

Odamlar urishib, navbat talashib ketsa kassir «-kelishib olinglar, bo‘lmasam ishlamayman” deb pardani yopib, shart chiqib ketadi, buyoqda itmisan, eshakmisan deb shumshayib turaverasiz. Dahshat. Tashqaridagi eshik oldida turgan biletfurushlarga tayyor biznes. Elektron navbat yo‘lga qo‘yilsa shuncha asabbuzarlikni oldi olinadi.
Biletni railway.uz saytidan sotib olish mumkin, lekin baribir biletning originalini olish uchun kassaga navbatga turishingizga to‘g‘ri keladi. Yana online sotib olganingiz uchun 2% komission to‘lovi ham bor. Mantiqsizlik!
Vokzal chiroyli, ozoda, lekin yuki ko‘p va aravadagi insonlar uchun sharoit yo‘q. Zinalardan yuk yoki aravani ko‘plashib ko‘tarib olib o‘tish kerak.
Urishib yurib biletni olib, bir dunyo yuk bilan inqillab poyezdga chiqib olsangiz, poyezd ko‘zingizga shunday chiroyli ko‘rinib ketarkan, asti qo‘yaverasiz☺.


Poyezd qay darajada yuqori sifatda bo‘lsa, servis unga nomutanosib tarzda sifatsiz deb baho berish mumkin. Qulayliklardan ko‘nglingiz bir yorishsa, bort kuzatuvchilarning muomalasi va xizmati ko‘ngilni xira qiladi. Menimcha mijoz bilan gap talashib, bezrayib turishni «Havo yo‘llari”ning ba‘zi bir styuardessalaridan o‘rganib olishgan shekilli😑.
Tushlik tarqatildi, lekin qoshiq-vilka nabor va choy so‘rab olganimizdan keyin 10 minutda yetib keldi.

Ovqat muzdekkina ekan, to‘g‘risi, qornim och edi, tannozlanib o‘tirmasdan yeb tashladim ☺.
Tvdagi kino va konsertlarning ovozi quloqchin(naushnik)lar orqali berilgani maqsadga muofiq menimcha. Kimdir uhlab ketmoqchi bo‘ladi, yana kimningdir shunchaki bachkana kinoni ko‘rishga ehtiyoji bo‘lmasligi mumkin. Afsuski bu poyezdda quloqchinlar yo‘q va tvning ovozini eshitib ketishga majbursiz.
Sanuzel va tozalik joyida! Poyezd jadval bo‘yicha o‘z vaqtida yetib keldi.


Umumiy xulosam: bu yerda shuncha gapirib,tanqid qilganim bilan menda boshqa tanlov yo‘q, monopol kompaniyaning xizmatidan foydalanishga majburman. Xavfsizlik va qulaylik jihatidan olib qaraganda(to‘lovni plastik karta orqali to‘lash imkoni ham bor) mashinadan ustun, lekin xizmatlar meni qoniqtirmadi.😐😑

Advertisements

5 thoughts on “Toshkent – Andijon poyezdi (+revizorro)

  1. Agar hoxlasangiz , birgalikda tekshiruv uyushtiramiz , siz aytgan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan , lekin Styuard va styuardessalar borasida: ular hali yangi ishga kelishgan ko’plari o’rganuvchi , qolgan kamchiliklarni tushunishim bo’yicha bartaraf etsa bo’ladi.Temiryo’l xizmatlaridan foydalanganingizdan mamnunmiz!

    Liked by 1 person

  2. Agar istasangiz , birgalikda tekshiruv uyushtiramiz , siz aytgan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan , lekin Styuard va styuardessalar borasida: ular hali yangi ishga kelishgan ko’plari o’rganuvchi , qolgan kamchiliklarni tushunishim bo’yicha bartaraf etsa bo’ladi.Temiryo’l xizmatlaridan foydalanganingizdan mamnunmiz!

    Liked by 1 person

Javob berish

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Изменить )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Изменить )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Изменить )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Изменить )

Connecting to %s