Oliy maqom bitiruvchi!

Kollej bitiruvchisidan ariza kelib tushdi. Arizani birinchi marta o‘qib o‘zimni kulgudan tiya olmadim, lekin keyin o‘ylanib qoldim, birorta bexato yozilgan so‘zni o‘zi yo‘q, hatto o‘zining ism-sharifini ham xato bilan yozadimi odam?!2016-07-07_21.12.08

Bo‘gin ko‘chirishni ham «boplab» tashlabdi tushmagur, 3 yil kollejda o‘qibdiyu, nomiga hech e‘tibor bermagan ekanda sho‘rlik…
Kollej bitiruvchilariga imtiyozli kreditlar beramiz, a‘lo va yaxshi baxolar bilan o‘qishni tamomlagan bitiruvchilarning 70%i shu ahvol, bilmadim o‘qituvchilar baxoni osmondan olib qo‘yishadimi???
O‘z ismini to‘gri yoza olmaydigan yigit-qiz ertaga kreditni qanday qaytarsin? Kreditni bir chetga surib turaylik, ko‘p o‘tmay oila, turmush qursa, qanday ota-ona bo‘ladi, qanday shaxs bo‘lib yetishadi bu bitiruvchilar? O‘ylanib qolasanda odam, ta‘limga shuncha e‘tibor va mablag‘ sarf bo‘layotgan bir paytda to‘qlikka sho‘xlikmi bu?
Hademay ertaga 1-avgust – oliy o‘quv yurtlariga imtixon bo‘ladi. «Andijonnoma» gazetasida yozilishicha viloyatda 61 000 ga yaqin abiturient qabul qilinibdi, bu bir o‘ringa 44 ta da‘vogar degani. Maqolani so‘ngida barchaga omad tilangan. Qiziq, qanday qilib barchaga birday omad tilash mumkin??? Shu o‘rinda o‘zimning imtixon topshirgan kunim yodimga tushdi, hamma «qo‘ldan kelgancha» harakat qilgani va kuzatuvchilarning farzandi ham boshqa joyda imtixon topshirayotgani munosabati bilan bizga oliy himmat ko‘rsatganlari , imtixondan ko‘nglim hira bo‘lib chiqqani esimda…
Men hammaga omad tilamayman, bu kunga yillab mehnat qilib tayyorlangan, tanlayotgan kasbining mohiyatini tushuna olganlarga, o‘z kasbinini malakali mutaxassisi bo‘lib, aqalli o‘zini eplab yuradiganlarga omad yor bo‘lsin. Diplomli kuyov bo‘lish yohud yaxshi joyga erga tegish ilinjida yurganlar, kurakda turmaydigan ambitsiya va pontlarga intiluvchilarga , ismini yozishni bilmay turib hamma narsani pul qilishiga ishonganlarga, ota-onasiga chivin bo‘ladiganlarga bu kun omadsiz bo‘lsin.
Qaysi yo‘l bilan bo‘lmasin pul tiqib farzandini oliygohga kirgizmoqchi bo‘lgan OTA-ONAlar, BUNKERlar, SHPORACHIlar va yana ALLAMBALOCHIlarga bir gapim: siz bugun talaba qilmoqchi bo‘lgan kalladan ertaga korrupsioner kadr yetishib chiqadi: dorilarni otkat ko‘proq beradigan firmadan yozadigan chalasavod shifokor, tutrug‘i yo‘q o‘qituvchi,  poraxo‘r bankir, muttaham, qallob, amalparast, bir tiyinga qimmat mutaxassis shakllanadi. Axir siz shuncha sarflab o‘qishga kirgizib, sessiyalarini «yoptirib» berganingizdan keyin pulini chiqarishimiz kerak, bunday tekinxo‘rlarda sabr, matonat nima qilsin??? Kun kelib hammamiz ana kelajak avlodlarni qo‘liga qolamiz, biz pul sarflab oliy ma‘lumotli qilgan kadrlar -pul bilan taqdirimizni hal qilishadi…

Zanjir reaksiyasi davom etadi…

Show must go on…

Advertisements

8 thoughts on “Oliy maqom bitiruvchi!

  1. Gapingizda Jon bor! Kuyib pishibsiz, bu ham yahshi. Lekin bir nima o’ylantiradi, postdagi arizadan ma’lumki siz bank hodimasi hisoblansangiz kerak. Keling bizni Ulug’nor tumaniga, maktabda xatto ona-tili va adabiyot fani o’qituvchisi ham yetishmaydi, chet tillari va tabiiy fanlarniku qo’ya turing. Bormi mard kelib ishlaydigan, hammangiz poytahtga, shaxar markazlariga intilaverasizda yana bunday xato qilsak darrov ustimizdan kulib hammani oldida sharmanda qilishga ustasizlar.

    Like

    • Fikrlaringiz uchun rahmat. Ochig‘i qishloqlarda o‘qituvchi yetishmasligi haqida habarim yo‘q edi. Bu birovning ustidan kulish emas, ota-onalarga va shunday o‘quvchilarning yaqinlariga ko‘proq e‘tiborli bo‘lish uchun bir ta‘kid edi.

      Like

  2. Ko’bglingizni og’ritish niyyatim yo’q.
    Muallif, sizga bir gap! Avval o’zinga boq, keyin nog’ora qoq! Ilk yozgan gaplaringizning o’zidayoq 3 ta xato topdim. Bog’lovchilarni ham o’z o’rnida qo’llay olmagansiz!
    Hech bo’lmaganda, maqolangizni biror tajribaliroq mutaxassisga tekshirtirib olsangiz bo’lar edi!

    Liked by 1 person

  3. Hammaga salom.
    Muallif yozgani bilan ariza matni orasida «burga» bilan «dinozavr»chalik farq bor. Mening shaxsiy tushuncham kollej bitiruvchisi ustidan kulguli xolat yoq. Yozilgan gaplarda esa faqat hozirgi hayotimizda yol qo`yilayotgan bazi bir xatolarga urgu berilgan xolos. Men nega aynan muallif tarafdori bolayotganim balki shubha uyg`otgandir. Men umuman bu insonni tanimayman. Men Toshkent viloyati Chirchiq shaxridanman. 3 yil universitetga borib byudjetga kiraman deb har safar kontrakt bilan cheklanganman. Sababini avvalo o`zimdan qidirganman. Yaxshi tayyorlanmadim deb. Lekin uchinchi marta universitet imtihonida bor yo`gi 6 bal yetmagan byudjetda o`qishimga. Yon atrofimda men bilan xonada imtihonda otirgan kamida 15 nafar bola yuqorida suratdagi ariza shaklida ismini yozar edi. Qiynalib masalalarni yechib o`tirsangiz yon atrofingizdagilar bemalol hayol surib otirganini ko`rasiz. Universitetga kirib bor yo`gi 10 kun o`qidim. Men bilan imtihonda birga kirgan ismi sharifini to`gri yoza olmaydigan bola byudjetga oqishga kirgan va uni biz guruh «kattasi» (strsta) deb sayladik. Sababi u «eng ko`p bal» to`plagan edi.(Balki eng ko`p tolagan ham bo`lishi mumkin) Moliyaviy muammolar tufayli o`qishni tashlab ketdim. Endi bu bola va unga o`xshagan talabalar aynan muallif aytganidek korrupsioner bo`ladi shubxasiz.
    Maktablarda muallim yetishmasligi masalasi esa bizning maktabda ham mavjud edi. Ishoning rus tili o`qituvchisi tarix fanidan dars berar edi.

    Xammaga raxmat. Iltimos yozganlarimdan imloviy xato qidirmang. Maqsadingiz imloviy xato qidirish bo`lsa siz muallifni maqsadini tushunib yetmagansiz xolos.

    Liked by 1 person

    • Rahmat sizga Dilmurodjon, meni yozganimni to’g’ri anglagan odam ham bor ekan-ku))) Maqsad imloviy xato qidirish emas, qayerga qarab ketayotganimizga bir ko’z yugurtirish halos. Savodsizlikni chegara bilmas sarxadlarini ham buzib tashlayapmiz , shunisi achinarli 😦

      Like

  4. Haqiqatda, to’g’ri gaplar. Men hozir sizlarday firlayolmayman.Lekin bir narsani tushunib turibman. Masalaga juda to’g’ri yondashilgan. Buning uchun rahmat

    Liked by 1 person

Javob berish

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Изменить )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Изменить )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Изменить )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Изменить )

Connecting to %s