Kredit inspektorlariga beriladigan 5 ta eng ahmoqona savol

Quyidagi savollar har kuni eshitaverib ezilib ketayotgan hodimning, zora kimdir o’qib , kimgadir yetkazib, kuniga hech bo’lmasa 1taga kamayishiga umid qilib yozilgan…

algebra-1238600_1920

1-savol: menga pul zarur(bu yerda naqd pul nazarda tutilyapti), nima qilishim kerak? – ho’sh-ho’sh…avvalambor bunday mijozlarga , jismoniy shaxslar banklardan moliyaviy iste’mol krediti olishi mumkinligi va  bu kreditlar naqd pulda berilmasligi tushuntiramiz. O’zb.Resp.ning «Iste’mol krediti to’g’risida»gi qonunning 15-moddasi, 5-bandida bunga aniq ta’rif berilgan.

2-savol: qancha pul olishim mumkin(yana pul deydiya!)? – qonunan cheklov yo’q, lekin kreditlar :to’lovlilik, qaytarishlilik, muddatlilik, ta’minlanganlilik, maqsadlilik tamoyillari asosida berilishi nazarda tutsak,(qaytarishlilik prinsipi) mijozning daromadlari bank kreditini qaytara olishi, qoplashini hisoblab , ma’lum summa belgilanadi.

3-savol: demak oylik-maosh qoplashga yetishi kerak, qancha oylik bo’lishi kerak? – qancha bo’lishi kerakmas, real olinadigan daromad haqida ma’lumot kerak!!!(to’lovlilik prinsipi) Shu joyida juda achinib ketasan odam, bizda kredit olish uchun ish joyidan istalgan summada ma’lumot olish shunchalar osonmi? Mana shu mijoz ertaga spravka olib kelsa, shubxa bilan qarab qo’shimcha izlanishga, qo’shimcha ma’lumot qidirishga majbur bo’ladi odam. Rahmatlik Xojiboy bekorga aytmagan ekan: «ish joyidan spravka, yashash joyidan spravka, haqiqatda shu uyda turishi to’g’risida qo’shnisidan spravka, spravka haqiqiyligi haqida spravka…»

4-savol: bu pulga qayerdan, nima olsam bo’ladi? – shu savol-chi , juda bemani savolda…aniq bir maqsadsiz kelib , bank hodimidan kredit puliga nima olsam bo’ladi deyishi, juda ahmoqona ish. (maqsadlilik prinsipi) Javob: O’zb.Resp.da ishlab chiqarilgan tovar, mahsulot, ish va hizmatlar mijozning iste’mol ehtiyojlarini qoplash uchun beriladi(O’zb.Resp.ning «Iste’mol krediti to’g’risida»gi qonunning 3-15-moddasi).  Aslida biror buyum harid qilmoqchisiz yoki biror hizmatdan foydalanmoqchisiz, pulingiz yetmayapti, mablag’ingizni  jamg’arishga esa ko’p vaqt ketadi. Mana shu joyda iste’mol krediti yordamga kelishi kerak. Bizda esa mijozlar teskarisiga qadam tashlab kelishadi: birinchi pulni olib, keyin sarflashni o’ylab, kreditni qaytarish,  to’lashni esa iloji bo’lsa umuman o’ylashmasa-da 😦

5-savol: shuncha gapdan keyin naqd pul beradigan joy yo’qmi deb so’raydiganlari ham chiqib qoladi… shunday paytda biror buyum bilan kliyentni boshiga bir tushirgim keladiyu))) etika , estetika, psixologiya degan narsalar esimga tushib soxta tirjayib, yuzaki tabassum bilan o’zimni bosaman.office-1188530_1280 MIJOZ DOIM HAQ!!! Oxirgi paytlarda osongina «yo’q» deb javob berishni o’rgandim, zora javobim boshqa ahmoqona savolga ilgak bo’lib qolmasin.

Uzoqqa bormay Rossiyaning «Сбербанк»i bilan kredit berish shartlarini taqqoslaymiz:

3-shaxs kafilligi ostida 3 mln. rublgacha (122 mln. so’m 22.03.16 kungi O’zb.R. Markaziy Bank kursi bo’yicha) 21-26,5% gacha(foizlar kredit muddatiga qarab o’zgaradi) yuqoridagi 5ta tamoyil asosida beriladi

Ko’chmas mulkni garovga qo’yish asosida – mulkning baholangan qiymatining 60%gacha bo’lgan summada 17,5-18.25% da kreditlar berilar ekan. Arizalar 2kundan 7kungacha(kredit turiga qarab) ko’rib chiqiladi.

O’zb. Respublikasi hududida  26ta tijorat bankidan iste’mol kreditlari 9%dan 26%gacha, 5ta shart asosida, 3oydan 3yilgacha beriladi, Arizalar 3 kun ichida ko’rib chiqiladi.

 

Advertisements

12 thoughts on “Kredit inspektorlariga beriladigan 5 ta eng ahmoqona savol

  1. Yaxwi yozilgan! Lekin Sizga yuqoridagi 5 ta ahmoqona savoldan 100. Marta bersa ham javob beriwingiz kerek deb o’ylayman. O’zbekistondagi hamma fuqaro ham oliy ma’lumot li emas siz va menga o’xwab! Wu bilan birga kridit oliw va Bowqa bank operatsiyalari haqida u Bechora madaniyat Yoki paxtaobod dan kelgan Klient Qaerdan bilsin! Meni o’ylawimcha medetsina hodimlari ga bunaqa savoldan 100 xilini beradi, agar ular ham yo’q deb qutiliwsa kim davoledi ular ni! Siz yo’q deb qutilmasdan ular ga o’rgating! Wunda wunaqa savol beradigan odamlar kamayadi!

    Liked by 1 person

    • Fikrlaringiz uchun katta rahmat! Ha albatta, hamma oliy ma‘lumotli bo‘lishi shart ham emas. Lekin kreditni hech bo‘lmasa nimaga olishini o‘zi bilishi kerakmi? Men yo‘q deb javob berishda, kredit olishga yo‘q deganim emas bu, shuncha tushuntirsam ham naqd pul olishni hayolidan chiqarolmay so‘ralgan savolga javob bu! Madaniyat va savol berishdagi saviyada insonning qayerda istiqomat qilishi, shaxarmi tumanmi ahamiyati yo‘q. Ozgina mantiq bilan fikrlashda irq, jins, ijtimoiy kelib-chiqishning daxli yo‘q deb hisoblayman.

      Liked by 1 person

      • Gapingiz to’g’ri! Hammasi Asta sekin da. 10 yil oldin bir yilda nechta odam kredit olganim-u,hozirgi kunda nechtasi olgan. Menimcha sezilarli darajada owgan bo’lsa kerek. Wunday ekan, hammasiga Vaqt!

        Like

  2. Xurshida opa man yolg’iz emas ekanman. Man Hamkorbank ATB Urganch filialida iste’mol kredit menejeriman. Bu savollarni kechasi uyg’otib berishsa ham javob beramiz. To’g’ri ko’pchilik insonlar bu haqida bilishmaydi, lekin ular orasida o’zimizni sohani vakillari ham uchrab turadi.

    Liked by 1 person

    • Rahmat! Zar qadrini zargar biladi deyishganidek, meni postimni ham ko‘proq hamkasblar to‘g‘ri tushunishdi:)) Bu yerga a‘zo bo‘lmaganliklari tufayli, lichkaga fikrlar oldim. Afsuski, postdagi fikrlar mijozlardan nolish emas, balki kredit va kredit berish prinsiplari mohiyatini tushuntirishni mijozlar misolida yaxshi ochib berolmadim shekilli. Aksiga olib bizni mijozlar meni blogim o‘qishmaydi😊

      Like

  3. vashe vozmushenie po povodu stremleniya lyudey poluchit kredit, kak u nas govoryat «nalichnimi», govorit kak minimum o tom chto vi toje naivniy chelovek, hotya ya uveren vi prosto licemer. Potomu chto vsem dopodlino izvestno, chto v v strane sushestvuet raznitsa v stoimosti tovarav zavisimosti ot formi oplati. A vo vtorih, vam bi stoilo zadumatsa, mojet eti klienti bolshe osvedomleni o sushestvuyushih kreditnih shem vne banka Ipak Yoli, poskolku yest banki, kotorie vidayut krediti isklyuchitelno na tovari mestnogo proizvodstva. Chto kasaetsa summi kredita, to i tut yest ogranicheniya virajenie v kratnih razmerah ustanovlennoy minimalnoy zarabotnoy plati. Schitayu chto i vopros o razmere neobhodimoy zarabotnoy plati rezonnim, tak kak ne vse je znakomi ili naoborot luchshe vas znayut o metodah vischitivaniya v bankah. Naprimer, yest metod gde uchitivaetsa tolko 70% zarabotnoy plati, tak kak ostalnie 30% neobhodimi samomu kreditopoluchatelyu na projivanie. A eshyo metod gde kredit vozvrashartsa ili je ravnimi dolyami ili po anuitetnomu metodu, ot chego i summa eje mesyachnih viplat silno razlechaetsa. V celom, lak govoril nash prezident «mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun» ishlashi kerak. vmesto bespoleznogo posta vam stoilo bi vnyat slova prezidenta i staratsa delat vashu rabotu bolee professionalno

    Liked by 1 person

  4. Kechirasizu yashil sharfli qiz, maqolangizni sarlavxasi judayam xunuk va sanab o’tilgan savollarga noto’g’ri ta’rif berilgan.
    1-savol: menga pul zarur(bu yerda naqd pul nazarda tutilyapti), nima qilishim kerak? – bu savolda ahmoqonalikdan asar ham yo’q, sabab:
    – Bankingizda nima qaerda joylashgani, qanday talablaru va umuman kredit bo’limi bor yo’qligini, buning uchun nima qilish kerakligini mijoz bechara qayoqdan bilsin? Xar xil bankda xar xil talab…
    – Shunday savol berishyaptimi demak bankingizda mijoz uchun nima qayerda joylashgani va qanday xizmatlar ko’rsatishingizu buning uchun nima qilish kerakligi xaqida yetarlicha ma’lumotlar (info tablichkalar, info doskalar) yo’lga qo’yilmagan, yo’lga qo’yilgan bo’lsa ham tushunarsiz va tez orientir olish qiyin qilib joylashgan…
    2-savol: qancha pul olishim mumkin(yana pul deydiya!)? – bu savolda mijoz bankning imkoniyatini, bank bera oladigan yoki bera olmaydigan imtiyozlar va nima uchun u (mijoz) aynan shu bankni tanlashi kerakligini o’zi uchun bilib olish maqsadida beradi. Banklarda ham pul chegaralangan, qandaydur dasturlar asosida maksimal va minimal pul miqdori beriladi va bu narsalar ham xar xil bankda xar xil….
    3-savol: demak oylik-maosh qoplashga yetishi kerak, qancha oylik bo’lishi kerak? – bu savolni bankka mijoz oladigan kreditga moslab oylik xaqida spravka olish uchun emas, ofitsial olayotgan oyligining miqdori olmoqchi bo’layotgan kredit miqdoriga yetadimi yo’qmi shuni bilish uchun beradi….
    4-savol: bu pulga qayerdan, nima olsam bo’ladi? – bu bema’ni savol emas, bunday savol berilishiga sabab banklarning ayrim dasturlaridagi talablar, ya’ni iste’mol krediti kabi faqat uy jihozlari, mebel, televizor olish mumkinligi, bu pulni boshqa narsaga sarflay olmasligi kabi chegaralar oqibatida kelib chiqqan…
    5-savol: shuncha gapdan keyin naqd pul beradigan joy yo’qmi – bu savol ham o’rinli, banklarning faqat plastik kartochkalarga yoki xisob raqamiga tashlab bergan pulni xamma yerda xam o’z qiymati bo’yicha ishlatib bo’lmaydi… Bu judayam noqulay, naqd pul qilib berish imkoniyati bormi yo’qmi, shuni bilishni istaydi ko’pchilik.

    Endi umaman olganda ushbu maqoladan bank xodimlarining mijozlarga bo’lgan xaqiqiy munosabati yaqqol ko’rinib turibdi. Mijozlar sizlar uchun axmoq va nodon odamlar. Bunday munosabat bilan yurtimizda bank sohasi xech qachon rivojlanmaydi, MIJOZ DOIM XAQ degan gapning ma’nosi bu BANK mijozlarning pullari xisobiga yashaydi, mijoz pulini aynan shu bankka qo’yishi yoki aynan shu bankdan olishi bu bankning faoliyat uchun xavo va suvdek zarur narsa degani. Mijoz uchun bankda nimadur noqulaymi demak bu mijozning emas bankning muammosi, Qandaydur savollar berilyaptimi bu avvalam bor mijozning emas bankni qiziqtiradigan (русча киб айтганда «ИНТЕРЕСИДАГИ») narsa. Mijozlar qonunchilikni o’qib qaysi qonunda qancha miqdorda pul olish mumkinu qaysi birida qancha muddatda olishi xaqida yozilgan qonun borligini qayerdan bilishsin? Mijozlarni bu narsalar bilan tanishtirish bankning vazifasi, chunki mijoz bankga o’z pullarini ishonib topshiradi yoki shu bankka ishonib qarzga pul oladi, u xolda ham bu xolda ham bank doim foydada bo’ladi. Mijozlar juda yaxshi bilishadi bank xech qachon mijozning foydasini emas doim o’zining foydasini ko’zlaydi (mijoz zarariga bo’lsa ham), endi nega ko’pchilik banklarga ishonmaydi degan gapga XOJIBOY aytgandek «CHEMPION BO’LOLMAYDIYAMDA» degan gapiga o’xshab, banklarning mijozlarga bo’lgan munosabatidan kelib chiqib xech kim BANKLARGA ISHONMAYDIYAMDA deyish mumkin.

    Liked by 1 person

    • E’tibor berib erinmay izox qoldirganingiz uchun rahmat, mana shunday izoxlarni ko’rganimda juda xursand bb ketaman, meni yozganimni kimdir o’qib, ta’sirlantira olgan bo’lsam bu men uchun katta yutuq!!!
      Maqolaga kelsam bu yerda mijozning ustidan kulgan yoki nodonga chiqargan hech narsa yo’q, har kim o’z dardini aytib kuylaydi deyishadi, yozganlarizga qaraganda bankda ishlaydigan yoki shu soxaga yaqin insonga o’xshaysiz. Tasavvur qiling, mijoz magazinga kirdi, nima olishi bilmaydi, mijozga tavsiyalar berdiz yana shu savollarni qaytardi, qay ahvolga tushasiz? biz-ku javob berishdan erinmaymiz, lekin o’z xulosalarimni shxsiy blogimda yozishga imkonim bordir, keyin nega bank mijoz foydasini emas, o’z foydasini ko’zlaydi debsiz? Bank tijorat tashkiloti albatta o’z foydasini ko’zlaydi, ishonchin komilki, har qanday inson , har qanday tashkilot o’z foydasini ko’zlab faoliyat yurgizadi, volontyorlik tashlikotlari bundan mustasno.

      Like

Javob berish

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Изменить )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Изменить )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Изменить )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Изменить )

Connecting to %s