Passus porta

   Bu maqolani yozishni anchadan beri o‘ylab yurgandim, balki bloggerlik qilishimga ham aynan shu mavzu turtki bo‘lgandir…
Manbalarda ko’rsatilishicha , pasport so’zi lotin tilidan «passus» – harakat, «porta» –darvoza so’zlaridan olingan ekan. O’rta asrlardanoq, bu hujjat shahar darvozalaridan kirish-chiqish uchun ruhsatnoma hamda shaxsni tasdiqlovchi manba hisoblangan.
Siz qo’lingizdagi “passus porta”ga yahshilab nazar solganmisiz? Agar yahshilab, sinchiklab qarasangiz xato yoki kamchilik topib olishingiz mumkin, ha ishonavering, menda bunaqasi ko’p bo’lgan 🙂 .
Ishim yuzasidan kuniga o’nlab, ba’zan yuzlab pasportlarni identifikatsiya qilgan paytlarim bo’lgan. Bank ishida mijoz bilan ish yuritishning birlamchi xujjatlaridan biri bu pasport xisoblanadi. Pasportda qanday ma’lumot kiritilgan bo’lsa, shundayligicha xujjatlarimizga kiritishimiz shart ! Hattoki, xato ma’lumotlarni ham !
Qo’limizdagi atiga 32 betdan iborat “kichkinigina” xujjat orqali, hayotimizda ro’y beradigan barcha qaydlarni aks ettiramiz. Lekin pasportda ism yoki biror ma’lumot xato yozilsa va bu xato vaqtida bartaraf etilmasa ,  hayotimizdagi barcha qaydnomalar xato rasmiylashtiriladi. Quyida men ishlagan mijozlar pasportidagi xatolarni sizlarga namuna sifatida keltirmoqchiman , aslida ro’yhat bundan ham ko’p bo’lishi mumkin edi, ammo skaner qilishga ulgurib qolganlarim hozircha shular:-):

2016-02-23_14.38.50
sharfli Qiz

Familiyadagi “A” harfi- pastki qismda “O” harfiga almashib qolgan. Arzimas tuyulishi mumkin, ammo qaysi birini tanlab yozsam ekan deb rosa o’ylanganman!))) Qolaversa pastki rasmli qism inglizcha yozilib, «X» o‘rniga «Kh» yozilishi kerak.

2016-02-23_14.34.29
sharfli Qiz
2016-02-23_14.43.33
sharfli Qiz

Озода ismi inglizcha variantda 2ta “Z” bilan yoziladimi yoki “Ч” harfini “GH” bilan yozish kerakmi? Inglizcha biladiganlar bormuuu?))

Pasport seriyasidagi hato: hohlasangiz kirillcha , hohlasangiz lotincha variantni tanlab oling, marhamat! Agar, sizga seriya yoqmasa umuman olib tashlaymiz, ana bo’lmasam!!!

Bitta “N” harfini tushirib, familiyani 2ta qilib berishimiz ham mumkin!!!

2016-02-23_13.33.45
sharfli Qiz

  Bunisi esa umrimda ko’rgan eng qo’pol hato bo’lsa kerak, ayol kishi “Sharipov” familiya bilan yursa… Eng qizig’i,  pasport egasi shunga rozi, qariyb 18 yildan beri o’zgartirishga harakat ham yo’qligini isbotini ko’rib turibsiz!

   Nega shunchalik loqaydmiz???

Qonunchilikda nima deyilgan ekan deb, lex.uz dan “ O’zb. Resp.si fuqarosining biometrik pasportni va 16 yoshga to’lmagan shaxslar uchun fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatini berish tartibi to’g’risida Nizom”ni topib oldim. Ushbu nizomning 2- bo’lim, 15-qismida yozuvlarda noaniqliklar , xatolar aniqlanganida pasport almashtirib berilishi, tartibi yozilgan, ammo xatoga javobgarlik yuzasidan tug’ilgan savolga bu tartibdan javob topa olmadim. Tajribali huquqshunoslar bilan bu holat yuzasidan suhbatlashdim. Hozirda agar pasportda xato va kamchilik aniqlansa, pasport egasi yuqoridagi nizomda ko’rsatilgan tartib bo’yicha qaytadan hujjat tayyorlaydi va davlat bojlarini ham yana qayta to’laydi. Birlamchi taqdim etlgan hujjatda xato bo’lsa boshqa gap, ammo nega operator xato qilsa , yana fuqaro jabrdiyda bo’lishi kerak?

  Balki qonunchilikka taklif berish kerakdir?! 

 Bir qarashda yuqorida keltirilgan misollar, faktlar shunchaki qoralamaga o’xshab ko’rinishi mumkin , ammo o’ylab ko’rsak, ana shu xatolar bilan qancha hujjatlar rasmiylashtirilmoqda , balki shunga o’xshash hayotimizdagi boshqa xatolarga ham ko’z yumayotgandirmiz… Pasport, ism-familiya va shu kabilar shaxs identifikatsiyasi bo’lagi hisoblanishi mumkin,ammo YUKSAK SAVIYALI JAMIYAT QURISH orzuyimiz ro’yobi uchun bunday xatolar ortiqchalik qiladi, bunday xatolarga o’rin yo’q. Har kim xato qiladi- bu inson faktori, lekin xato bilan xatoning farqi bor, bunday hujjatlar ming chig’iriqdan o’tib keyin egasiga topshirilishi kerak nazarimda…

Advertisements

12 thoughts on “Passus porta

  1. Yaxshi maqola chiqipti. Lekin, blogingizga kirgan odam uchun maqolalar to’liq uzunlikda ochilishi biroz ko’zni toliqtiradi. Kursda o’rgatishganidek, 3-4 gapdan keyin далее tugmasidan foydalanib, maqolaning qolgan qismiga havola bersangiz, bir betta koproq maqolangiz ko’rinadi va o’quvchiga keraklisini tanlab olish imkoniyati bo’ladi.

    Like

      • Bor, post kiritayotgan paytinizda o’sha sahifaning yuqori o’ng tomonida bor.
        Qaychi bilan kesgandek belgi chiqadi. Ustiga sichqonchani olib kelsangiz, далее degan yozuv paydo bo’ladi. Shu maqolangzida x va h larni tekshirib chiqsangiz bo’ladi. Hisoblanadi, Hujjat so’zlaridagi kabi. Kecha Andijon haqidagi videoyingizni xotinimga ko’rsattim. U – Andijondan. Shahrini juda sog’inadi. Yurtidan tuproq olib kelgandek gap)

        Liked by 1 person

  2. Yaxshi maqola bo’libdi. Mavzuga tegishli bo’lgani uchun bitta masalada fikrimni bildirsam:
    Ismi yoki familiyasida H yoki X harfi bo’lganlarning deyarli barchasi pasportdagi inglizcha yozilgan qismida KH qilib yoziladi nimagadir. Masalan, Ahmedov bo’lsa Akhmedov qilib yoziladi.
    Aslida ingliz tilida ham o’zbek tilidagidek (ya’ni yumshoq H) harfi bor va o’zbekcha H kelgan paytda ingliz tilidagi variantiga ham H yozilishi kerak. Ingliz tilida qattiq X yoq (to’g’rirog’i X ni ular boshqacha, ya’ni iks deb o’qishadi), shuning uchun bizning tilimizdagi X ni o’qilishiga to’g’riroq qilib KH qilib yozish qa’bul qilingan.
    Boshqa tomondan oganda rus tilida yumshoq H harfi yo’q, ularda faqat X bor. Shuning uchun o’zbek tilidagi H li ismlar rus tiliga X bo’lib o’tgan. Masalan, Ahmedovni ruslar Axmedov deb yozishadi. Passport stolidagilar eski odat bo’yicha bo’lsa kerak, bilmadim, hamma ismlarni avval rus tiliga o’girib, keyin ruschadan inglizchaga o’tkazib yozishni odat qilishgan. Ya’ni o’sha Ahmedov familiyasini avvaliga Axmedov qilib yoziladi, undan keyin ingliz tiliga o’tkazishadi va natijada familiya Akhmedovga aylanadi.
    Yangi pasportda ruscha bo’limi yoq, faqat o’zbek va ingliz tilida yozilgan bo’limlari bor. Shunday ekan, savodsizlarcha yo’l tutmasdan ism-shariflarni har ikki tilda to’g’ri yozishsa yaxshi bo’lardi.

    Liked by 1 person

Javob berish

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Изменить )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Изменить )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Изменить )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Изменить )

Connecting to %s