«Odamchali» svetoforlar!

Statistik ma’lumotlarga ko’ra , o’rtacha xisobda bizning yo’llarda transport vositalaridan foydalanish uchun ketgan vaqtimiz yiliga 1098 soatni tashkil qilar ekan. Bu taxminan bir yil uchun 45 kun degani. Demak, shuuuncha vaqtimiz yo’lga ketar ekan, bugungi kunda yo’llarimizdagi vaziyat qanday? Doim ham qoniqarli emas, ba’zan noxush hollardan bezib haydovchisiz google-carlarni orzu qila boshlaysan kishi…

Men istiqomat qilayotgan Andijon shaxrining kundan-kunga rivojlanib, chiroy ochib borayotganini ko’rib insonning baxri dili ochiladi! Rivojlanish o’z navbatida aholi soniga ham , transport vositalarining ortishiga ham bevosita ta’sir ko’rsatmoqda.

Har kuni uyimdan ishxonaga, ishdan uyimga qaytishda bir holat meni o’ylantiradi: shaharning «Bobur» va «Mustaqillik» ko’chalari kesishgan katta chorraxada haydovchilar piyodalarning tartibsiz harakatlanishidan asabiylashishadi. Piyodalar umuman svetoforga qaramasdan, ularga ochiqmi-yopiqmi yo’lni bemalol, hotirjamlik bilan kesib o’tishadi. Nega shu yerda hech kim svetaforga qaramas ekan deb, bunga aniqlik kiritish maqsadida shu chorraxaga kelib qarasam, bu yerda piyodaga ko’rinadigan svetoforni o’zi yo’q ekan. Ha, ishonavering, piyodalar svetofori , qizimning ta’biri bilan aytganda «odamchali» svetoforlar umuman yo’q Katta svetoforlar esa bir tomonlama, faqat mashinalarga ko’rinadigan qilib o’rnatilgan ekan.

 

 

20160206_133607

20160206_133543

 

20160213_085444

 

20160206_133651

Yo’lning u betidan bu betiga o’tish uchun piyodalardan «katta yurak» talab qilinadi, chunki to’rtala tomonda ham qo’shimcha seksiya svetoforlari mavjudligi tufayli doimiy mashinalar qatnovi uzilmaydi. Qaysi paytda piyodaga yo’l berish lozimligini biladigan haydovchilar esa 5%ni ham tashkil qilmasa kerak.

Svetoforda nima yonayotganini ko’rolmaysiz, oqibatida tavakkaliga ish tutishga to’g’ri keladi. Yoki  bir yo’li: yo’ldan o’tishdan avval , mashinalar to’xtab turadigan joyga kelasiz, mashinalarga qizil chiroq yonsa, yugurgilab piyodalar o’tish joyiga qaytib, «oyoqni qo’lga olib» o’tish mumkin 🙂 !

«Odamchali» svetoforlar bo’lmasa, qachon,  nima yongani ko’rinmasa, osma ko’prik yoki yer osti yo’li bo’lmasa boshqa nima ham qilish mumkin??? Siz nima maslahat berasiz?

 

Advertisements

6 thoughts on “«Odamchali» svetoforlar!

  1. Chorrahani kesin o’tish, agar u shu kabi katta chorraha bo’lsa, har qanday insonni o’ylantirishi tabiiy. Agar u yerda ‘odamchali svetofor’ bo’lmasa, bu nafaqat yosh bolalar uchun, balki kattalar uchun ham muammo. Bu holatda shahar YHXB ga bu muammo borasida malumot berish kerak. Ammo tanganing orqa tomoni ham borki, bazida yo’lovchilarimiz Qizilmi yoki avtomashina tezmi, shartta yo’lni kesib o’tishadi. Bu esa, Harakat xavfsizligiga va o’z salomatliklariga bevosita daxldir. Biz bu muammoni hal etish uchun piyoda madaniyatini oshirishimiz kerak.

    Liked by 1 person

  2. Chorrahani kesin o’tish, agar u shu kabi katta chorraha bo’lsa, har qanday insonni o’ylantirishi tabiiy. Agar u yerda ‘odamchali svetofor’ bo’lmasa, bu nafaqat yosh bolalar uchun, balki kattalar uchun ham muammo. Bu holatda shahar YHXB ga bu muammo borasida malumot berish kerak. Ammo tanganing orqa tomoni ham borki, bazida yo’lovchilarimiz Qizilmi yoki avtomashina tezmi, shartta yo’lni kesib o’tishadi. Bu esa, Harakat xavfsizligiga va o’z salomatliklariga bevosita daxldir. Biz bu muammoni hal etish uchun piyoda madaniyatini oshirishimiz kerak.

    Like

  3. Bu muammoni faqatgina YHHB hal qilishi mumkin. Qayday qilib shuncha svetoforlar yordamchi svetoforlar yoki 50 tezlikda yurish belgilari qoyishni unutishmaydiyu, piyodalarga otish joyida odamchali svetofor qoyishni unutishadi. Bu ozi asli juda katta hatolik hisoblanadi. Bu erda inson hayoti haqida gap bormoqda. Bu masalaga jiddiy yondoshish kerak deb oyleman. Oma bu masalani kotargan yoki korib etibor qilgan «yashilsharfliqiz»ga qoyil judayam muhim muammoni kotaribdi.

    Liked by 2 people

Javob berish

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Изменить )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Изменить )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Изменить )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Изменить )

Connecting to %s